AsosiySport

Shahram, Murodjon va Isroil ishtirokidagi jang O`zbekistonda to`g`ridan-to`g`ri namoyish etiladi

'Shahram, Murodjon va Isroil ishtirokidagi jang O`zbekistonda to`g`ridan-to`g`ri namoyish etiladi'ning rasmi

Toshkent vaqti bilan 25 noyabr kuni 07:00 da AQShning Atlantik-Siti shahrida boks oqshomi boshlanadi. Mazkur jang kechasida uch nafar o`zbekistonlik charm qo`lqop ustasi ringga ko`tariladi.

Bokschilarimizning janglari to`g`ridan-to`g`ri namoyish etiladi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Shaxram G`iyosov (O`zbekiston) – Migel Zamudio (Meksika)

Murodjon Ahmadaliev (O`zbekiston) – Isaak Zarate (AQSh)

Isroil Madrimov (O`zbekiston) – Vladimir Ernandez (Meksika)

Hamyurtlarimiz ishtirokidagi jang «Sport» telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

    Boshqa yangiliklar