1

Marko Blajich: "O`zbekistondagi issiqda svetofor erib tushgandi"

Sport 23.10.2014, 11:11
Marko Blajich: "O`zbekistondagi issiqda svetofor erib tushgandi"

Toshkentning "Bunyodkor" klubida o`ynab ketgan serbiyalik Marko Blajich hozirgi kunda Qozog`istonning "Atirau" klubida o`ynamoqda. U Sports.kz saytiga bergan intervyusida O`zbekistondagi faoliyati borasidagi savollarga javob berib o`tdi.
"Rossiyaning "Amkar" klubi safida o`ynayotganimda murabbiylar o`zgardi va Rustem Xuzin paytida men kam maydonga tusha boshladim. 2013 yilda "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimovdan taklif tushdi. Bu jamoa Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etishi bois, "Bunyodkor" safida o`ynash qiziqarli tuyuldi. U erda barchasi yaxshi edi, ammo bitta "lekini" bor edi: O`zbekiston — o`zining qonun-qoidalari bilan yopiq mamlakat. Bu esa menga noqulaylik tug`dirdi", - deydi Blajich.
"Osiyoda ham futbol saviyasi etarlicha yuqori. Xalqaro o`yinlarning tashkiliy jihati yaxshi yo`lga qo`yilgan, o`yinlar ham yuqori saviyada. Osiyolik futbolchilar futbol o`ynashni bilishadi. Masalan, Xitoyda yaxshi futbolchilar ko`p, ammo u erda tartib-intizom harbiy xizmatdagidek o`ta jiddiy. Deyarli barcha jamoalarda evropalik yulduzlar bor. Bizga qarshi o`ynagan jamoalar safida Frederik Kanute, Seydu Keyta kabi futbolchilar faoliyat olib borishayotgandi. Marchelo Lippi boshqarayotgan "Guanjou Evergrand" jamoasini olib qaraydigan bo`lsa, u erda Alberto Jilardino va Alessandro Diamenti o`ynashmoqda. Koreyaning "Poxang Stilers" klubida kuchli braziliyalik futbolchilar faoliyat olib borishadi. Ularni Evropada bilishmaydi. Ular aytishadi: "Osiyoda yaxshi maosh olayotganimizda, Evropada nima bor?".
"O`zbekistonda faoliyat olib borganimda havo issiq bo`lgandi. Hattoki issiqdan svetofor erib tushgandi. Odamlarning aytishicha, o`sha yili kuzatilgan issiq havo so`nggi 20 yil davomida ilk marta qayd etilgan ekan. Termometr +62 darajani ko`rsatgandi. O`yinga yaqin havo harorati +50ga tushgandi. O`yin ikki marta to`xtatilib, futbolchilarga tomoq xo`llash imkoniyati yaratilgandi. Bunday sharoitda o`ynash og`ir bo`lgandi", - deydi serbiyalik futbolchi.
"Men bilan "Bunyodkor"da o`ynagan futbolchilardan Shavkat Salomov va Kamoliddin Murzoev hozirda Qarag`andaning "Shaxtyor" klubida faoliyat yuritishmoqda. Shuningdek, Aleksandr Geynrix, Jasur Narziqulov va Ulug`bek Baqoev bilan yaxshi tanishman. Ular uyga qatishganida meni mehmonga taklif qilishgandi", - deydi Blajich.

Manba: www.stadion.uz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1