1

O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi

Sport 23.10.2014, 11:16
O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi

Ravshan Haydarov bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Osiyo Chempionatidagi ishtirokini yakunlab Toshkentga qaytib keldi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi Myanma mamlakatida bo`lib o`tayotgan U-19 yoshlar o`rtasidagi Osiyo Chempionatida yarim finalgacha etib borib, kelasi yili Yangi Zelandiyada o`tkaziladigan U-20 yoshlar o`rtasidagi Jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritdi.

Guruh bosqichida BAA, Avstraliya va Indoneziya yoshlariga qarshi o`ynagan Haydarov shogirdlari guruh bosqichini ikkinchi o`rinda yakunlashdi va chorak finalda Tailand yoshlar terma jamoasi ustidan g`alaba qozonib yarim finalga yo`l olishgan edi. Yarim final bahsida esa O`zbekiston yoshlar terma jamoasi KXDR yoshlar terma jamoasiga mag`lubiyatga uchradi.

Manba: http://the-uff.com/

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1