Poytaxtda ayollar kurashi bo`yicha O`zbekiston kubogi start oldi. Musobaqa ikki yosh toifasida – kattalar hamda 1999-2001 yillarda tug`ilgan sportchilar o`rtasida o`tkaziladi.
Har ikki yo`nalishda ham 10 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil qilinadi. Bahslarda Respublikamizning turli hududlaridan 100 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda.
Turnir «Dinamo» sport klubida o`tkazilmoqda. Musobaqa ertaga nihoyasiga etadi.






