1

Rustam Qosimjonov yana mag`lubiyatga uchradi

Sport 24.10.2014, 09:35
Rustam Qosimjonov yana mag`lubiyatga uchradi

Poytaxtimizda davom etayotgan shaxmat bo`yicha FIDE Gran-prisining 2-bosqichida kecha, 23 oktyabr kuni 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tdi, deb xabar bemoqda «Olamsport».

Sayyoramizning 12 nafar grossmeysteri ishtirok etayotgan turnirda mamlakatimiz sharafini Rustam Qosimjonov himoya qilyapti. 3-turda 17-jahon chempioni oq donalarda o`ynashiga qaramay, yana mag`lubiyatga uchradi.

Qosimjonov gruziyalik Baadur Jobavaga imkoniyatni boy berib qo`ydi. Bu O`zbekiston vakilining ketma-ket ikkinchi mag`lubiyati bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1