1

Tennis. Denis Istomin Rojer Federerga mag`lub bo`ldi

Sport 24.10.2014, 09:37
Tennis. Denis Istomin Rojer Federerga mag`lub bo`ldi

Shveysariyaning Bazel shahrida tennis bo`yicha “Swiss Indoors Basel“ ana`naviy xalqaro turnirining asosiy tur bahslari davom etmoqda.

Polsha vakili Irji Yanovichni mag`lub etib, ikkinchi davraga yo`l olgan hamyurtimiz Denis Istomin jahonning mashhur tennischisi Roje Federerga qarshi kortga chiqib, yutqazib qo`ydi.

Birinchi setda Istomin 6:3 hisobida Federerni taslim etgandi. Ammo ikkinchi set shveysariyalik sportchining g`alabasi bilan yakun topdi. Tajribali tennischi uchinchi setda breykka erishdi hamda 6:4 hisobida g`alaba qozonib, musobaqaning chorak finaliga yo`l oldi.

Manba: www.uff.uz   

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1