AsosiySport

Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

'Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi'ning rasmi

Ma`lumki, O`zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo`lib o`tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etadi.

Ayni damda Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz ushbu musobaqa oldidan jiddiy tayyorgarlik ko`rmoqda. Jumladan, sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlarida tashkil etilgan o`rtoqlik o`yinlari ham fikrlarimizni tastiqlaydi.

Dekabr oyida ham milliy terma jamoa tayyorgarlikni davom ettirgan holda Turkiyada so`nggi yig`in jarayonini o`tkazadi. Bosh murabbiy mazkur yig`indan keyin Osiyo Kubogida terma jamoa tarkibidan o`rin oladigan futbolchilarni tanlab oladi.

Ushbu Turkiya yig`ini oldidan 6 dekabr kuni soat 11:00da O`zbekiston futbol assosiasiyasi anjumanlari zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

    Boshqa yangiliklar