1

Ronaldu uchinchi bor "Oltin butsi"ni oladi

Sport 27.10.2014, 13:21
Ronaldu uchinchi bor "Oltin butsi"ni oladi

Noyabr oyining 6-kunida Evropa chempionatlarining eng yaxshi to`purari Krishtianu Ronalduga "Oltin butsa"ni topshirish marosimi tashkil etiladi, deya xabar beradi Inside spanish football. Forvard 2013/14 mavsum Ispaniya chempionatida 31 golga maulliflik qilgan. U mazkur mukofotni uchinchi bor qabul qilib oladi.

O`tgan mavsumning yakuniy natijalariga ko`ra, Ronaldu mukofotni "Liverpul"ning sobiq hujumchisi Luis Suares bilan bo`lishib oldi va 15 oktyabrda urugvaylik futbolchini taqdirlash marosimida ishtirok eta olmagan edi.

Eslatib o`tamiz, portugaliyalik futbolchi "Oltin butsa"ni "Manchester Yunayted" 2007/08 (31 gol) va 2010/11 "Real" (40 gol) safida qo`lga kiritgan.

SPORTS.uz

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1