O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o`rganishda davom etadi.
O`zA mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 2018 yil 10 dekabr holatidagi narxlarini taqdim etdi.
Mol go`shti
26 000 so`mdan 40 000 so`mgacha
Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go`shtini 26000 so`mdan 40000 so`mgacha bo`lgan narxlarda sotib olish mumkin. Ushbu narx o`tgan haftalarga qaraganda arzonlashganini ko`rsatadi.
Eng arzon narxlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. 1 kg. mol go`shtining narxi 26000 so`mdan boshlansa, eng qimmat narx ham ushbu bozorda – 40000 so`m.
Poytaxtimiz markaziy bozorlarida 1 kg. mol go`shtini 28000 – 38000 so`mdan xarid qilish mumkin.
Qo`y go`shti
28 000 so`mdan 44 000 so`mgacha
Bu haftada narxlar o`zgarishsiz qolgan.
Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo`y go`shti 28000 – 40000 ming so`mgacha sotilmoqda.
Eng arzon narx “Farhod” bozori (Toshkent shahri)da – 1 kg. qo`y go`shti narxi 28000 – 39000 so`m.
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. qo`y go`shti 42000 – 44000 so`m.
Tovuq go`shti
13 000 so`mdan 20 000 so`mgacha
Tovuq go`shti mamlakatimiz bozorlarida biroz qimmatlashdi.
Eng qimmat narx Farg`ona markaziy dehqon bozorida – 18500 – 20000 so`m
Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 – 18000 so`m. O`tgan haftada ushbu bozordan 1 kg. tovuq go`shtini o`rtacha 11000 so`mdan 15000 so`mgacha bo`lgan narxlarda xarid qilish mumkin edi.
Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go`shti o`rtacha 17000 so`mdan sotilmoqda.
Guruch
3 500 so`mdan 14 000 so`mgacha
Bu haftada ba`zi bozorlarda guruch narxi biroz qimmatlashdi.
Eng qimmat narx Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) – 4700 – 14000 so`m.
Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri) – 3500 – 10000 so`m.
O`simlik yog`i
8 000 so`mdan 13 000 so`mgacha
Eng arzon narxlar Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 8000 – 10500 so`m.
Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 10000 – 13000 so`m.
Un
1 500 so`mdan 4 000 so`mgacha
Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1500 so`mdan 2000 so`mgacha.
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon viloyati) – 3500 – 4000 so`m.
Shakar
4 200 so`mdan 5 500 so`mgacha
Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 5000-5500 so`m.
Eng arzon narx Mirobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4200 – 4500 so`m.
Tuxum
450 so`mdan 700 so`mgacha
Kuzatishlar bu haftada ham tovuq tuxumining narxida o`zgarishlar bo`lmaganini ko`rsatmoqda.
Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o`rtacha 450-700 so`mdan xarid qilish mumkin.
Kartoshka
1 100 so`mdan 3 000 so`mgacha
Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 1100 so`mdan 2000 so`mgacha.
Eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida – 2000 – 3000 so`mgacha.
Piyoz
500 so`mdan 1 500 so`mgacha
Eng arzon narx poytaxt markaziy bozorlarida – 500 so`mdan 1000 so`mgacha.
Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon viloyati)da – 1250 – 1500 so`mgacha.
Xo`jalik sovuni
1 500 so`mdan 3 500 so`mgacha
Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo`jalik sovunini 3000 so`mdan xarid qilish mumkin. Eng arzoni esa 1500 so`mdan sotilmoqda.