1

Bozorlarda ba`zi mahsulotlar qimmatlashdi. Bunga bayram sababmi?

Iqtisodiyot 25.12.2018, 11:46
Bozorlarda ba`zi mahsulotlar qimmatlashdi. Bunga bayram sababmi?

O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o`rganishda davom etadi.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlari narxining o`tgan haftadagi holati taqdim etildi.

Mol go`shti

26 000 so`mdan 40 000 so`mgacha

d4a57e40_1fcc_4c7e_832b_f38075e3abd3_cx0_cy10_cw0_w1023_r1_s.jpg

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go`shtini 26000 so`mdan 40000 so`mgacha bo`lgan narxlarda sotib olish mumkin.

Eng arzon narxlar Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. 1 kg. mol go`shtining narxi 26000 so`mdan boshlansa, eng qimmat narx ham ushbu bozorda – 40000 so`m.

Poytaxtimiz markaziy bozorlarida 1 kg. mol go`shtini 28000 – 38000 so`mdan xarid qilish mumkin.

Qo`y go`shti

28 000 so`mdan 44 000 so`mgacha

15ed8d8d_8cee_41e0_9432_40e557dd2162_w1023_r1_s.jpg

Poytaxt bozorlari orasida Chorsu dehqon bozorida qo`y go`shti nisbatan arzon. 1 kg. qo`y go`shti ushbu bozorda 28000 – 37000 so`mgacha sotilmoqda. Qo`yliq, Mirobod, Farhod dehqon bozorlarida 28000 – 38000 so`m, Yunusobod dehqon bozorida 34000 – 40000 so`mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon)da – 1 kg. qo`y go`shti 42000 – 44000 so`m.

Tovuq go`shti

12 000 so`mdan 20 000 so`mgacha

9255f1ea211f0420f24e0d9bb2df9f51_720x480.jpg

Eng qimmat narx Farg`ona markaziy dehqon bozorida – 19000 – 20500 so`m

Eng arzon narx Urganch shahar Markaziy dehqon bozorida – 12000 – 18000 so`m.

Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go`shti o`rtacha 17000 so`mdan sotilmoqda.

Guruch

4000 so`mdan 13 000 so`mgacha

ris_devzira_2_4_lazer.jpg

Bu haftada ba`zi bozorlarda guruch narxi biroz arzonlashganini kuzatish mumkin.

Eng qimmat narx Navoiy shahri "Sahovat" MChJga qarashli markaziy dehqon bozori – 6000 – 13000 so`m.

Eng arzon narx Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri) – 3500 – 10000 so`m.

O`simlik yog`i

8 000 so`mdan 13 000 so`mgacha

fe6ddc67a20b6100053ad6be91646d72.jpg

Eng arzon narxlar Farxod dehqon bozori – 8000 – 11000 so`m.

Eng qimmat narxlar Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida – 10000 – 13000 so`m.

Bu haftada o`simlik yog`i ko`plab hududlarda biroz qimmatlashdi.

Un

1 500 so`mdan 4 500 so`mgacha

1_1.jpg

Eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozorida – 1 kg. 1-navli un 1500 so`mdan 2000 so`mgacha.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon viloyati) – 4000 – 4500 so`m.

Shakar

4 200 so`mdan 5 500 so`mgacha

2018_05_08_171720_36c09f33c.jpg

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 5000-5500 so`m.

Eng arzon narx Qo`yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da – 4200 – 4500 so`m.

Tuxum

450 so`mdan 700 so`mgacha

eggs_1.jpg

Kuzatishlar bu haftada ham tovuq tuxumining narxida o`zgarishlar bo`lmaganini ko`rsatmoqda.

Mamlakatimiz bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o`rtacha 450-700 so`mdan xarid qilish mumkin.

Kartoshka

1 200 so`mdan 3 000 so`mgacha

kartoshka.jpg

Poytaxt bozorlarida 1 kg. kartoshkani o`rtacha narxlarda 2000 so`mdan xarid qilish mumkin.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori – 2000 – 3000 so`mgacha.

Piyoz

500 so`mdan 1 000 so`mgacha

pic181005142156859.jpg

Eng arzon narx poytaxt markaziy bozorlarida – 500 so`mdan 1000 so`mgacha.

Eng qimmat narx Yangi shahar bozori (Andijon viloyati)da – 1250 – 1500 so`mgacha.

Xo`jalik sovuni

1 500 so`mdan 4 000 so`mgacha

pic180806095050264.jpg

Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo`jalik sovunini 3000 so`mdan 4000 so`mgacha bo`lgan narxlarda xarid qilish mumkin. Eng arzoni esa 1500 so`mdan sotilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1