1

Davlat qimmatli qog`ozlarini joylashtirish bo`yicha auksion natijalarini e`lon qilindi

Iqtisodiyot 27.12.2018, 15:47
Davlat qimmatli qog`ozlarini joylashtirish bo`yicha auksion natijalarini e`lon qilindi

Moliya vazirligi va Markaziy bank davlat qimmatli qog`ozlarini joylashtirish bo`yicha auksion davomida 184,1 milliard so`m miqdoridagi 197 100 dona qimmatli qog`ozlar joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

26 dekabr kuni O`RVB muomala davri 6 oy bo`lgan (diskontli) umumiy hajmi 200 mlrd.so`mlik 200 ming dona davlat qimmatli qog`ozlarini joylashtirish bo`yicha auksion o`tkazildi. Auksionda 10 ta diler ishtirok etib, ular tomonidan 223 milliard so`m hajmida 239 270 dona raqobatli buyurtmanomalar taklif etildi.

Qimmatli qog`ozlarning o`rtacha tortilgan daromadliligi yillik 14,1 foizni tashkil etdi, bunda minimal daromadlik darajasi - 13,7 foizni va chegirish narx bo`yicha maksimal daromadlilik darajasi - 15,1 foizni tashkil etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1