AsosiyDunyo

Harbiy samolet chilparchin bo`ldi

Kaliforniyaning Ventura okrugida Hunter Hawker harbiy samoleti falokatga uchradi. Bu haqda mahalliy OAV yong`inga qarshi kurash departamenti vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.

Voqea ABC7 telekanali ma`lumotiga ko`ra, mahalliy vaqt bilan 17:13da Point Mugda sodir bo`lgan. Taxminiy ma`lumotlarga qaraganda uchuvchi halok bo`lgan.

Ventura harbiy-dengiz bazasi vakilining so`zlariga ko`ra, ushbu samolet unchaliu uzoq masofaga parvoz qilmaydigan ATAS kompaniyasiga tegishli bo`lgan. O`t o`chiruvchilarning ma`lumotlariga qaraganda, uchuvchi samoletni qo`ndirishga harakat qilgan, biroq mashina shossega emas, balki dalaga qulab tushgan, deb yozadi TASS.

    Boshqa yangiliklar