Google Maps xizmati o`zbek tilida ishlay boshladi

Hi-tech 30.10.2014, 14:30
Google Maps xizmati o`zbek tilida ishlay boshladi

Google Maps xizmatidan endilikda o`zbek tilida ham foydalanish mumkin. Bu haqda Google’ning o`zbekistonlik xodimi Nodir To`raqulov 30 oktyabr, payshanba kuni Facebook’dagi sahifasida xabar qildi deb yozmoqda kun.uz.

Parol.uz’ning yozishicha, Google Maps’da deyarli barcha so`zlar, shuningdek, O`zbekiston va viloyat, tuman, shahar, ko`cha nomlari ham o`zbek tiliga tarjima qilingan. Ammo boshqa davlat va shaharlar nomi hozircha tarjima qilinmagan.

Google Maps’dan o`zbek tilida foydalanish uchun maps.google.com saytiga kirish, o`ng tomon pastki qismidagi sozlashlar bo`limi orqali dastur tilini o`zbek tiliga o`zgartirish zarur.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1