1

Bugun karate bo`yicha O`zbekiston Kubogi start oladi

Sport 31.10.2014, 12:51
Bugun karate bo`yicha O`zbekiston Kubogi start oladi

Bugun “Jar” sport majmuasida karate bo`yicha O`zbekiston Kubogiga start beriladi. Mamlakatimizning turli burchaklaridan 900ga yaqin sharq yakka kurashi ustalari g`oliblik uchun kurash olib borishadi.

Noyabr oyining boshlarida Germaniyaning Bremen shahrida o`tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o`tashi kutilayotgan kubok bahslari murosasiz kurashlarga boy bo`lishi kutilmoqda. Chunki Osiyo o`yinlari sovrindor va ishtirokchilari Barno Mirzaeva, G`ofurjon Zohidov , Shaxzod Axatova va Hilola Badalovalar ham O`zbekiston kubogi bahslarida ishtirok etadilar.

Tantanali ochilish marosimi bugun 17:00da boshlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1