AsosiyShou-biznes

O`zbek estradasi yulduzlari “Infolib – 2014” haftaligi mehmoni bo`ldi

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi anjumanlar zalida “Infolib – 2014” III milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida O`zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov va Nasiba Abdullaevalar bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi.

“Kitoblarning o`z ohanrabosi bor, uni bir marta qo`ligi olgan inson u bilan do`stlashib umrining oxirigacha qo`lidan qo`ymaydi. Estrada xonondasi uchun ham bu juda zarur, chunki u xalq orasida madaniyat targ`ib etadi. Madaniyat va ma`rifat esa ajralmas tushunchalardir”, – dedi Farruh Zokirov.

Tadbirda muxlislar san`atkorlarning ijodiy hayoti, faoliyati, san`atda erishgan yutuqlari haqida ma`lumotlarga ega bo`lish bilan birga jonli ijroda qo`shiqlar tinglashga muyassar bo`ldilar.

    Boshqa yangiliklar