AsosiyShou-biznes

Tez kunda Shoira Otabekovadan yangi klip premerasi

Yaqindagina o`zining yangi “Yor-yor” taronasiga ishlangan klipni muxlislariga taqdim etgan xushovoz xonanda Shoira Otabekova yana bir yangi videoklip ustida ishlamoqda, deya xabar beradi popcorn.uz.

Shoiraning “Sog`lom bola” nomli qo`shig`iga klip tasvirga olanayotgani haqida avval ham xabar berilgandi.

Joriy yil “Sog`lom bola yili”  deya nomlanishi san`atkorlarimizni yana ilhomlantirdi desak mubolag`a bo`lmaydi. Dunyoda bizning xalqimizchalik borini bolasiga ataydigan bolajon xalq bo`lmasa kerak. Ota-onaning eng oliy orzusi - farzandining kamolidir. Aynan mana shu mavzuni kuyga solib, yurakdan kuylayotgan xonandalar qatoridan joy olgan Shoira Otabekova mazkur tarona uchun Anvar Mirzoning qalamiga mansub bo`lgan she`rni tanladi, musiqa Yakzonga, aranjirovkani esa Robert Mirzoyan amalga oshirgan. 

Klipni rejissyor Zuhriddin Asomov hamda operator Tal`at Rahimov suratga olgan, xonandaning qizalog`i esa bosh qaxramon obrazini yaratgan.

    Boshqa yangiliklar