AsosiyShou-biznes

Kristian Beyl Apple rahbari rolini o`ynamaslikka qaror qildi

Aktyor Kristian Beyl Apple kompaniyasi asoschisi Stiv Jobs hayoti haqidagi filmda ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.

Oktyabr oyida film ssenariysi muallifi Aaron Sorkin Apple asoschisi rolini aynan Kristian Beyl o`ynashini tasdiqlagan edi.

Manbalarning ma`lum qilishicha, aktyor film rejissyori Denni Boyl bilan muzokaralar olib borgan, biroq tomonlar oxir-oqibat baribir kelisha olishmagan.

Hozirgi vaqtda Beyl Trevis Makgi haqidagi detektivlarni ekranlashtirishda ishtirok etish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda, bu loyihada ham u bosh rolga taklif qilingan.

    Boshqa yangiliklar