1

Hakamni haqorat qilgan «Paxtakor» futbolchisi ikki o`yinga chetlatildi

Sport 04.11.2014, 11:30
Hakamni haqorat qilgan «Paxtakor» futbolchisi ikki o`yinga chetlatildi

O`zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Tartib-intizom qo`mitasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tgan.

Majlis qaroriga ko`ra, «Dinamo»ga qarshi Oliy Liga 24-tur uchrashuvida tajovuzkor xulqi uchun maydondan chetlatilgan «Lokomotiv» yarim himoyachisi Jasur Hasanov 2ta o`yinga diskvalifikasiya qilingan va jarimaga tortilgan.

Ayni 24-tur doirasidagi «Metallurg» – «Paxtakor» (2:4) uchrashuvida har ikki jamoadan bittadan – «Metallurg»dan yarim himoyachi Davron Karimqulov tajovuzkor xulqi uchun, «Paxtakor»dan himoyachisi Kamoliddin Tojiev esa hakamni haqorat qilgani uchun maydondan chetlatilgandi.

Tartib-intizom qo`mitasi qaroriga asosan, har ikkala futbolchi 2ta o`yinga chetlatilgan va jarimaga tortilgan. O`zPFL matbuot xizmati xabarida jarimalarning miqdori ko`rsatilmagan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1