1

O`zbekistonlik yosh futbolchi qizlar Iordaniyaga jo`nab ketishdi

Sport 04.11.2014, 17:13
O`zbekistonlik yosh futbolchi qizlar Iordaniyaga jo`nab ketishdi

O`zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi OCh-2015 saralash bahslarida ishtirok etish uchun Iordaniya poytaxti Amman shahriga jo`nab ketdi. Bu  haqda O`zbekiston Futbol Federasiyasi rasmiy sayti xabar beradi.  

Vyacheslav Soloxo bosh murabbiyligidagi O`zbekiston U-19 yoshlari saralashning «A» guruhida Iordaniya, Hindiston va Livan yoshlar terma jamoalariga qarshi bahs olib borishi haqida avvalroq xabar bergan edik.

O`zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi saralash bahslarini 5 noyabr kuni Hindiston U-19 terma jamoasiga qarshi o`yin bilan boshlaydi. Ikkinchi uchrashuv 7 noyabr kuni Livanga qarshi o`tkazilsa, so`nggi 3-tur o`yinida O`zbekiston U-19 Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.

Saralash bahslari formatiga ko`ra, Markaziy-Janubiy va G`arbiy hamda Sharqiy mintaqaga kiruvchi jami 14 jamoa jami to`rt guruhga bo`lingan holda 1-saralash bosqichida ishtirok etadilar. Guruh g`oliblari OCh final bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritadilar. 2013 yili o`tkazilgan U-19 Osiyo Chempionatida dastlabki to`rt o`rinni egallagan terma jamoa (Janubiy Koreya, KXDR, Xitoy, Yaponiya), 2015 yilgi Osiyo Chempionati final bosqichiga saralash o`yinlarisiz yo`llanmani qo`lga kiritgan.

Ma`lumot o`rnida, ushbu yosh toifasidagi OCh-2015 final bosqichi 2015 yilning avgust oyida Xitoyda o`tkaziladi.

U-19 qizlar o`rtasidagi OCh-2015, saralash bahslari.
5-9 noyabr, Iordaniya.

«A» guruhi.
Iordaniya
O`zbekiston
Hindiston
Livan

1-tur. 5 noyabr
O`zbekiston - Hindiston
Iordaniya - Livan

2-tur. 7 noyabr
Livan - O`bekiston
Hindiston - Iordaniya

3-tur. 9 noyabr
Hindiston - Livan
Iordaniya - O`zbekiston

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1