Italiya shoshilinch xizmati sodir bo`lgan suv toshqini oqibatlari oldini olmoqda. Mamlakatning markaziy hamda shimoliy hududlarida daryolar o`zanidan toshib ketdi va suv katta hududni qoplab oldi.
Yuzlab aholi yashash uylari suv ostida qoldi. Bir necha shaharlardagi maktablar hamda davlat muassasalari yopib qo`yildi.
Temiryo`l harakati buzilgan, avtomagistrallarda ham vaziyat yaxshi emas. Ayni paytda bo`ron respublikaning janub tomoniga qarab harakatlanmoqda, deb xabar bermoqda "Rossiya 24".





