Xabaringiz bor, 15 fevral kuni (16 fevral tongida) professional bokschimiz Shohjahon Ergashev AQShda faoliyatidagi 16-jangni o`tkazgandi. Mazkur bahsda hamyurtimizga amerikalik Maykl Foks raqiblik qilgan va 10 raundlik jangda Shohjahon ochkolar hisobiga g`alaba qozongandi.
Bugun bokschimiz yurtimizga qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Milliy olimpiya qo`mitasi mutasaddilari, O`zbekiston professional boks federasiyasi vakillari, muxlislar va ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.
Eslatib o`tamiz, 27 yoshli Shohjahon Ergashev bungacha professional ringda 16 ta jang o`tkazib, ularning barchasini o`z foydasiga hal etgan. 14 ta jangda u raqiblarini nokautga uchratgan.
Shohjahon navbatdagi jangini katta ehtimol bilan shu yilning 13 aprel kuni o`tkazadi. Biroq, bu haqida hali rasman e`lon qilinmagan.