1

«Yandeks» kompaniyasi delegasiyasi bilan uchrashuv

Jamiyat 27.02.2019, 22:42
«Yandeks» kompaniyasi delegasiyasi bilan uchrashuv

27 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.


Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o`rinbosari O. Umarov kompaniyaning IT sanoati hamda zamonaviy internet servislar va echimlar ishlanmalari sohasidagi ko`p yillik ish tajribasini alohida e`tirof etdi.

«Yandeks» kompaniyasi vakillari kelgusida ham o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv doirasida O`zbekiston bozorida «Yandeks»ning internet servislarini mahalliylashtirish, servislardan yaxshiroq foydalanish uchun CDN-serverlarni joylashtirish yo`nalishlaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama etildi.

Ta`lim va malaka oshirish sohasidagi hamkorlik, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan IT sohasidagi ta`lim dasturlarini yaratish bo`yicha hamkorlik masalalari alohida ko`rib chiqildi.

Muzokaralar natijalariga ko`ra, 2019-2020 yillarda hamkorlikni jadallashtirish yuzasidan «Yo`l xaritasi»ni yaqin vaqt ichida birgalikda ishlab chiqish kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1