AsosiySiyosat

Afg`oniston Prezidentining maslahatchisi Toshkentga keldi

'Afg`oniston Prezidentining maslahatchisi Toshkentga keldi'ning rasmi

Bugun, 6 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda bo`lib turgan Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo`yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda Afg`onistonda tinchlik jarayonini boshlash bilan bog`liq qator masalalar muhokama qilindi hamda mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Vazir Afg`onistonning mamlakat tashqi siyosatining muhim yo`nalishlaridan biri bo`lib qolayotganini va O`zbekiston uning iqtisodiy infratuzilmasini qayta tiklashda bundan keyin ham har qanday yordamni ko`rsatishga tayyorligini tasdiqladi.

Maslahatchi Hamidulla Muhib Afg`oniston va uning xalqi uchun transport, energetika, va yoshlar uchun ta`lim sohalaridagi strategik ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda O`zbekiston tomonining ishtirok etishi Afg`onistonda barqarorlikka erishish, uni mintaqaviy iqtisodiy uyg`unlashuvga jalb qilishning tarkibiy qismi va muhim sharti ekanligini qayd etdi.

Uchrashuvda O`zbekiston – Afg`oniston kun tartibining boshqa masalalari ham ko`rib chiqildi.

    Boshqa yangiliklar