O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvda jamoat xavfsizligini ta`minlash sohasida amaliy hamkorlikni yo`lga qo`yish masalalari muhokama qilindi. Bu borada o`zaro tajriba almashish, delegasiyalar tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.






