O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi samarali bo`ldi.
Davlatimiz rahbari Abu-Dabi shahrida mazkur Amirlik valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan, Dubay shahrida BAA vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o`tkazdi.

Muloqotlar chog`ida mamlakatlarimiz o`rtasidagi savdo, iqtisodiyot, investisiyalar, energetika, qishloq xo`jaligi, turizm va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda o`zaro manfaatli hujjatlar va umumiy qiymati 10 milliard dollardan ziyod investisiya kelishuvlari imzolandi.







