AsosiySiyosat

Davlatimiz rahbarining Buxoroga tashrifi boshlandi

'Davlatimiz rahbarining Buxoroga tashrifi boshlandi 'ning rasmi

Prezidentimiz oldingi tashrifi chog`ida barcha sohalarni rivojlantirish bo`yicha keng ko`lamli vazifalarni belgilab bergan edi.

Mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Yangi sanoat korxonalari, tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etildi. Mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmi oshdi. Transport va servis infratuzilmasi rivojlanib, sayyohlar oqimi ko`paydi. Qishloq xo`jaligida foydalanilmagan imkoniyatlar ishga solindi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy ob`ektlar bunyod etildi.

Tashrif davomida Prezidentimiz avvalgi topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishishi, galdagi muhim vazifalarni belgilab berishi rejalashtirilgan.

Bu haqida O`zA xabar berdi.

    Boshqa yangiliklar