O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning taklifiga binoan Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev 14 aprel kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi. 
Davlat tashrifining asosiy tadbirlari 15 aprel kuni Ko`ksaroyda bo`lib o`tadi. Tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinishi, qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Prezidentlar O`zbekistonda Qozog`iston yilining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etadi.










