1

Messiga qamoq jazosi xavf solmoqda

Sport 22.11.2014, 13:04
Messiga qamoq jazosi xavf solmoqda

Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi sharafini himoya qiluvchi argentinalik hujumchi Lionel Messi mamlakatni soliq borasidagi muammolar sabab tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Britaniyaning The Guardian nashri.

Avvalroq, Messi soliq idoralariga 52 million evro to`lagan edi, biroq futbolchi kuzatuv ostida bo`lib, uni qamashlari ham mumkin.

"Shunday vaziyatga tushgan yana bir necha sportchilar bor. Ularda ham soliq muammosi, biroq ular buni ma`muriy yo`l bilan hal qilishdi. Masalan Iker Kasilyas yoki Xavi, hattoki, Rafa Nadal ham, lekin Messi aynan shu masalada sud ishi ochilgan va hatto qamalishi mumkin bo`lgan yagona sportchi. U Ispaniyadan juda ham achchiqlangan va chiqib ketmoqchi, - deya xabar bergan Messiga yaqin manbalardan biri.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1