Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxonadan 57 mln. so`m zarar undirildi

Jinoyat 24.05.2019, 15:42
Elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxonadan 57 mln. so`m zarar undirildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati Bo`stonliq tuman bo`lim tomonidan, tuman hududida joylashgan mas`uliyati cheklangan jamiyatga qarashli qurilish ob`ektlarida elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini o`rganish yuzasidan tekshirish o`tkazilish jarayonida, MChJ elektr hisoblagichni ta`minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan va to`lovlarni amalga oshirmasdan, 2018 yil noyabr oyidan, joriy yilning may oyiga qadar elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan. Oqibatida davlat manfaatlariga jami 56.362.680 so`m miqdorida moddiy zarar etkazilgan.

Mazkur holatda Bo`stonliq tuman jamiyat rahbari o`zining hatti-harakatlari bilan elektr hisoblagichga tashqi ta`sir ko`rsatgan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan va Bo`stonliq tuman elektr ta`minoti korxonasi manfaatlariga juda ko`p miqdorda zarar etkazib, JKning 185-2-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan.

Biroq korxona rahbari ushbu jinoyatni birinchi marta sodir etganligini, o`z ishidan pushaymonligini ma`lum qilib, jinoyat aniqlangan kundan e`tiboran o`ttiz kunlik muddat ichida etkazilgan 56.362.680 so`m zararni to`liq to`lagan.

Ma`lumot tariqasida aytish mumkinki, O`zbekiston Respublikasi JKning 185-2-moddasi 6-qismida “Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u jinoyat aniqlangan kundan e`tiboran 30 kunlik muddatda etkazilgan moddiy zararning o`rnini qoplagan bo`lsa, javobgarlikdan ozod etiladi”, deb ko`rsatilgan.

Yuqoridagilarga ko`ra, bu xolat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atish rad etish to`g`risida qaror qabul qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1