AsosiyDunyo

O`quvchi o`qituvchini suvarakka qarshi dori bilan zaharlamoqchi bo`ldi

Argentinaning Buenos-Ayresi shahridagi maktablardan birining 12 yoshli o`quvchisi uning hissiyotlarini xush ko`rmaganligi uchun o`qituvchisini suvarakka qarshi dori bilan zaharlashga uringan.

U bir shisha suvga dorini aralashtirgan. 67 yoshli qanndli diabet kasalligi bilan og`ruvchi erkak o`qituvchi tabletka ichishga qaror qiladi. Ana shu paytda o`quvchilardan biri suvga zahar aralashtirilganligini aytadi. Tez orada o`qituvchi o`zini yomon his qila boshlaydi. Uni zudlik bilan reanimasiya xonasiga olib kirishadi va oshqozoninin yuvishadi.

"Men bunday voqea sodir bo`lishini tasavvur ham qilmagandim”, - deydi o`qituvchi jurnalistlarga. Endi o`qituvchi dars berishni tashlash haqida bosh qotirmoqda. Qizni maktabdan haydashdi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda TASS.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar