Aktrisa Skarlett Yoxanssonning sevgan insoni Romen Doriak bilan turmush qurishini muxlislar bir yildan ortiq vaqt mobaynida kutishdi.
Bugun ularning shu yilning 1 oktyabr kuni Montana shtatidagi Filipsburg shahrida yashirin ravishda nikoh qurishgani ma`lum bo`ldi. Buni aktrisaning qo`lida paydo bo`lgan nikoh uzugi ham tasdiqlaydi.
Hozircha yangi oila egalari to`y haqida ma`lumot berishni istashmayapti. Eslatib o`tamiz, shu yilning sentyabr oyida Skarlet va Romen Doriaklarning Rouz ismli qizaloqlari dunyoga keldi.





