Ebola virusiga chalingan va halok bo`lganlar soni 2014 yilning fevralidan shu kungacha G`arbiy Afrikada 6 mingdan ortdi. Bu haqda 3 dekabr kuni Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining hisobotida e`lon qilingan.
Eng ko`p zararlangan va halok bo`lganlar Liberiyada bo`lib, 7635ga 3145ni tashkil etadi. Serra-Leonda 7312 – 1583 bo`lsa, Gvineyada 2164-1327.
Jami virus yuqqanlar soni 17145 kishini tashkil etadi, halok bo`lganlar soni esa 6070 nafar.