1

Qarzdor farzandi ta`minoti uchun bir yo`la 56 million so`m to`ladi

Jinoyat 21.06.2019, 21:21
Qarzdor farzandi ta`minoti uchun bir yo`la 56 million so`m to`ladi

Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchqo`rg`on tumanlararo sudining 2013 yil 23 yanvardagi hal qiluv qaroriga ko`ra fuqaro U.Qozoqovdan undiruvchi M.Xojaxonova foydasiga bir nafar farzandi uchun oylik ish haqining uchdan bir qismidan kam bo`lmagan miqdorda aliment undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjati Byuroning Uchqo`rg`on tuman bo`limi ish yuritiuvida bo`lib, davlat ijrochilari tomonidan qarzdor alimentni to`lashi yuzasidan bir necha bor ogohlantirilgan va to`lanmagani hisobiga qarzdorlik 21 mln. so`mni tashkil etdi.

Qarzdor ota bilan olib borilgan tushuntirishlar samara berib, qarzdorlik bartaraf etildi. O`z o`rnida, U.Qozoqov farzandini voyaga etgunga qadar aliment summani bir yo`la to`lab berishi to`g`risidagi murojaati ko`rib chiqildi. Mazkur murojaat o`rganilib, 2019 yil 1 iyunidan to voyaga etgunga, ya`ni 2029 yilning 1 iyuniga qadar aliment hisob-kitob qilib berildi. Fuqaro Qozoqov farzandi ta`minoti uchun 56 million 561 ming so`m aliment pullarini bir yo`la to`lab berdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1