1

Toshkentda o`zbek arxeologlarining shov-shuvli kashfiyoti – Oks Iskandariyasining topilishiga bag`ishlangan konferensiya bo`lib o`tdi

Jamiyat 23.07.2019, 09:48
Toshkentda o`zbek arxeologlarining shov-shuvli kashfiyoti – Oks Iskandariyasining topilishiga bag`ishlangan konferensiya bo`lib o`tdi

22 iyul kuni “Sevimli” telekanali media-markazida o`zbek arxeologlarining shov-shuvli kashfiyoti – Oks Iskanlariyasining topilishiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirni O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari Aziz Abduhakimov, O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash, va targ`ib qilish bo`yicha Butunjahon jamiyati raisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov, O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtvedalze boshqarib borishdi.

Ma`lumki, E.Rtveladze rahbarligida bir guruh olimlar ko`p yillik izlanishlari davomida Surxonlaryo viloyati hududidan topilgan,xalq orasida Kampirtepa nomi bilan mashhur bo`lgan tarixiy hudud Oks Iskandariyasi bo`lib chiqdi. Amudaryo (qadimgi Oks) sohilida joylashgan eramizdan avvalgiIV asr oxirlarida qurilgan bo`lib, umilodiy I asr boshlariga qadar faoliyat ko`rsatgan.

Bu shov-shuvli topilma O`zbekiston va jahon ilmiy hamjamiyatini, shuningdek, ommaaviy axborot vositalarini befarq qoldirmadi. Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi ko`magida “O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizsiyalar chorrahasida: imperiya, din, madaniyat” mavzusidagi media-haftalik doirasida o`tadigan “O`zbekiston madaniyatlar chorrahasida” mavzusida o`tadigan arxeologiya konferensiyasida E.Rtveladze boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan olib borilgan keng ko`lamli ishlarning natijalari e`lon qilinadi, shuningdek, Kampirtepa aynan Oks Iskandariyasi ekani jamoatchilikka ma`lum qilinadi.

Qayd etish o`rinliki, olimlarning bu kashfiyoti O`zbekistonda turizm tarmog`ini rivojlantirish va butun dunyodan sayyohlarni yurtimizga jalb qilishga sezilarli turtki beradi.

«Bu O`zbekistonda tarix va arxeologiya fani rivojida katta yangilik bo`ldi. O`ylaymizki, bu o`ziga xos yangilik yoshlarimizni vatanimiz o`tmishiga, madaniy merosimizga bo`lgan qiziqishini yanada oshiradi” – dedi Bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov mazkur anjuman davomida.

Shuningdek, u mazkur beqiyos hududni targ`ib etish, shuningdek bu obidani saqlab qolish bo`yicha maxsus dastur ishlab chiqilishini ta`kidladi.

«Yodgorlikni turistlar borib ko`rishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida tegishli infratuzilma ishlab chiqiladi” – dedi Abduxakimov.

Mazkur shaharchada olib borilgan qazilmalar haqida O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Edvard Rtveladze hikoya qilib berdi:

«Kampirtepa shaharchasi Amudaryo vodiysini Termizdan Kalifga qadar tadqiqi qilish asnosida 1979 yilda ochilgan edi. O`shanda jazirama issiq bo`lgandi. Bu topilma menda katta taassurot qoldirdi. Shaharcha kichkina va ixcham edi. Biz Amudaryo o`zaniga tutash joyda qadimgi yunon ibodatxonasi, darvoza va ayvon qoldirqlarini topdik.Bu erda Ellin davriga oid ilk kulolchilik namunalarini ham topgan edik” – deydi E.Rtvedalze.

Olimning ta`kidlashicha, u o`z taxminlarini oshkor qilishdan avval o`n yillar davomida ilmiyizlanishlar olib borgan. Ammo, bu gal olim o`z taxminini qat`iy ishonch bilan ta`kidlamoqda. Uning aytishicha, yunon tarixchisi va geografi Ptolemey asarlarida tilga olingan Oks Iskanlariyasi aynan Surxondaryo viloyati hududidagi Kampirtepa ekani shubhasiz.

Arxeologik ma`lumotlar orasida bu farazni tasdiqlovchi dalillar ko`p: daryo qirg`og`idagi bu port-shaharning g`arbdan sharqqa tomon 400 metrga cho`zigani, shaharsozlik tizimi rivojlangani, qal`a va darvozalar, ko`chalar va ibodatxonalar, aslahalar va xazinalar saqlanadigan xonalar, maqbara va bandargoh, kemalar to`xtaydigan pristan, sohildagi mayoq, savdo shahobchalapri va hunarmandchilik (kulolchilik)ustaxonalariningmavjudligi shundan darak beradi.

«Bu o`ta noyob va ajoyib kashfiyot yurtimizda turizm rivojiga xizmat qilishi barobarida, yoshlarimizni O`zbekistonning boy tarixiga bo`lgan qiziqishini oshiradi”, - deydi O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash, va targ`ib qilish bo`yicha Butunjahon jamiyati raisi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov

Qayd etish lozimki, “O`zbekiston buyuk yo`llar va sivilizsiyalar chorrahasida: imperiya, din, madaniyat” mavzusidagi media-haftalik doirasida O`zbekiston ilm-fani tarixida ilk bor Oks Iskandariyasi instalyasiyasi 3D formatida namoyishi qilinadi. Bunda qadimgi shaharchaning asl va to`liq qiyofasi tomoshabinlar ko`z o`ngida namoyon bo`ladi va ular ushbu arxeologi yodgorlikning o`tmishdagi holatini ko`rishga muvaffaq bo`ladilar.

Shuningdek, keng jamoatchilikni qadimgi obidaar tarixi va madaniyati bilan tanishtirish, O`zbekiston madaniy merosini saqlash va targ`ib qilish maqsadida“Oks Iskandariyasi va Kushonlar: sulola, xalq, yozuv” cho`ntak kitobchasi ham nashr qilinadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1