AsosiyDunyo

Birjada 72 million ishlab olgan yigit haqidagi xabar uydirma ekanligi ma`lum bo`ldi

Avval xabar qilinganidek, amerikalik yuqori sinf o`quvchisi Muhammad Islomning birjadagi savdolar vaqtida 72 million dollar ishlab olgani haqidagi xabar uydirma ekanligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda uning o`zi New York Observerga bergan intervyusida ma`lum qilgan.

17 yoshli yigitning so`zlariga ko`ra, u hech qachon haqiqiy aksiyalar bilan savdo qilmagan. Muhammad Islom shunchaki dasturlar bilan ishlagan xolos.

U virtual savdo vaqtida uning investision strategiyasi ijobiy natija ko`rsatganligini tan oldi. Va balki unga birjada yaxshiginga daromad ham keltirishi mumkin edi. Uning aytishicha, 72 million haqidagi gaplar hammasi uydirma.

Muhammadning gaplariga ko`ra, bu xabar sabab ota-onasi bilan urushib qolgan. “Oyim men bilan boshqa umuman gaplashmasligini aytdi. Otam esa mendan voz kechmoqchi”, - deydi u.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar