1

Atom energiyasidan foydalanish to`g`risida Qonun qabul qilindi

Jamiyat 11.09.2019, 10:33
Atom energiyasidan foydalanish to`g`risida Qonun qabul qilindi

Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to`g`risidagi Qonun (O`RQ–565-son, 09.09.2019 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Ushbu Qonunga ko`ra, atom energiyasidan foydalanish ob`ektlari davlat mulki yoki Prezident tomonidan belgilanadigan yuridik shaxslar mulki hisoblanadi.

Mazkur ob`ektlar ro`yxati Prezident tomonidan tasdiqlanadi.

Energetika vazirligi ushbu sohadagi vakolatli organ hisoblanadi va atom energetikasini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Sanoat xavfsizligi davlat qo`mitasi esa atom energiyasidan foydalanish xavfsizligini davlat tomonidan tartibga soluvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Qonunga muvofiq, fuqarolar yadroviy qurilmalar xavfsizligi to`g`risida tegishli davlat organlaridan axborot so`rash va olish, tanishish, yadroviy qurilmalar punktlariga belgilangan tartibda tashrif buyurish huquqiga ega.

Shuningdek, Qonunga ko`ra, yadroviy qurilma zonalarida ruxsat etilmagan yig`ilishlar va boshqa ommaviy tadbirlar o`tkazish taqiqlanadi.

Qonun bilan radioaktiv chiqindilarni O`zbekiston hududiga olib kirish va olib chiqish masalasi ham tartibga solingan bo`lib, unga ko`ra respublika hududiga faqat ilgari olib chiqib ketilgan radioaktiv chiqindilar va qayta ishlash mahsulotlari olib kirilishiga yo`l qo`yiladi.

Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1