AsosiySiyosat

Ertaga Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisi ochiladi

'Ertaga Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisi ochiladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi ertaga, 14 sentyabr kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

Senat a`zolari soat 13.00 dan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosining foyesida ro`yxatga olinadi.

Eslatib o`tamiz, Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi 23-24 avgust kunlari bo`lib o`tdi. Unda jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 26 ta masala, shu jumladan 16 ta qonun ko`rib chiqildi.

Senatorlar tomonidan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlari ko`rib chiqilib, ma`qullandi.

“Ona suti bilan oziqlantirishni qo`llab-quvvatlash hamda go`daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni esa rad etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar