1

Andijon aholisiga yangi "aylanma" usulda suyuq gaz ballonlari etkazib berish boshlandi

Iqtisodiyot 28.09.2019, 13:25
Andijon aholisiga yangi "aylanma" usulda suyuq gaz ballonlari etkazib berish boshlandi

Joriy yilning 14 sentyabr kuni “Hududgazta`minot” AJ Boshqaruvi raisi B. Eshmuratov Andijon viloyati Jalaquduq tumani Toshloq MFYga tashrif buyurib, mahalla ahli bilan ochiq muloqot o`tkazgan edi. Ushbu uchrashuvda endilikda maishiy gaz ballonlarini aholiga etkazishda yangi usuldan foydalanish amaliyotga joriyqilinishi ma`lum qilingan edi. Avvallari, aholidan maishiy gaz ballonlari yig`ib olinib, oradan 1-2 kun o`tgach qayta to`latib olib kelingan bo`lsa, endi iste`molchilarga qulaylik yaratish maqsadida, jadval bo`yicha belgilangan hududdagi aholidan bo`sh maishiy gaz ballonlari yig`ib olinadi va shu zahotiyoq o`z o`rnida to`latilgan boshqa suyuq gaz balloni beriladi.

Va`da berilganidek, joriy yilning 24 sentyabr kunidan boshlab, Andijon viloyatining bir qancha tumanlarida yangi “aylanma” usulida suyuq gaz ballonlarini etkazib berish boshlandi. Bunga ko`ra, endi “Hududgaz Andijon” MChJning shahar-tuman filiallari xodimlari belgilangan navbati kelgan mahallaga jadvalga asosan suyultirilgan gaz bilan to`latilgan maishiy gaz ballonlari bilan borib, joyida aholiga maishiy gaz ballonlarini almashtirib berishmoqda.

Ushbu usul bilan gaz ballonlarini tarqatish maqsadida hozirgacha Andijon shahri, Andijon, Marhamat, Paxtaobod, Shahrixon va Jalaquduq tuman filialllariga jami 4000 ming dona qo`shimcha gaz ballonlari ajratildi. Andijon shahrining Erkin, Andijon tumanining “Yangi yo`l”, Jalaquduqning “G`ozichek” hamda Shahrixon tumanining “Paxtako`l” mahalla fuqarolar yig`inlari fuqarolari navbatlariga ko`ra, bu qulaylikdan foydalanishmoqda.

“Hududgaz Andijon” MChJ matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1