Mamlakatimizda ta`lim tizimini rivojlantirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yoshlarga ilm-fan asoslari
va zamonaviy kasb-hunarlarni o`rgatish yo`lidagi ko`p yillik samarali mehnati, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, jismoniy va ma`naviy jihatdan barkamol avlodni shakllantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berilsin:
«O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi»
Kuzieva Karomat Mamitjanovna | - | Sayxunobod tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati |
Sobirov Axmed Yuldashevich | - | Shovot tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining matematika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati |
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi»
Tursunova Maxbuba Mirzaxojoevna | - | Quva tumanidagi 62-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining biologiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati |
Qosimov Isam Jo`raevich | - | Arnasoy tumanidagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati |
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi»
Zakirov Alimjon | - | Jalaquduq tumanidagi «Nurli yo`l» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Andijon viloyati |
Kuchkarova Gulnara Maraimovna | - | Uchtepa tumanidagi 38-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Toshkent shahri |
«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi»
Abunasova Roziya To`raevna | - | Peshku tumanidagi bolalar va o`smirlar sport maktabining badiiy gimnastika bo`yicha murabbiyi, Buxoro viloyati |
Xolodova Natalya Yurevna | - | Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar sport maktabining engil atletika bo`yicha murabbiyi |
Yurtimizda ta`lim sohasini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, o`quv-tarbiya jarayoniga ilg`or xorijiy tajribalar, innovasion pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalarni keng joriy etish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq qilish, chuqur bilim va kasb-hunarga ega, mustaqil fikrlaydigan, iqtidorli, sog`lom avlodni voyaga etkazish ishlariga qo`shgan salmoqli hissasi, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan
Artikov Eshpulat Ruzievich | - | Buxoro viloyati ixtisoslashtirilgan madaniyat maktab-internatining an`anaviy xonandalik bo`limi o`qituvchisi |
Baubekova Kaljamal | - | Mehnat faxriysi, Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Iriskulov Muxamadavas Tursunovich | - | O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarini o`qitishning innovasiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi bo`lim boshlig`i |
Razakova Uglxan Abdujalilovna | - | Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri |
Tursunov Erkin Atabaevich | - | Toshkent pediatriya tibbiyot institutining gistologiya, patologik anatomiya kafedrasi professori |
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Azimova Ra`noxol Sharipovna | - | Sariosiyo tumanidagi «Muruvvat» nogiron ayollar uchun internat uyi enagasi, Surxondaryo viloyati |
Akbarova Saodatxon Turg`unovna | - | Baliqchi tumanidagi 35-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Andijon viloyati |
Akramov Abduxakim Ikromovich | - | Shirin shahridagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati |
Allaberganov Farxod Raximovich | - | Yangiariq tumanidagi 39-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati |
Bazarbaeva Sevar Yuldashovna | - | Toshkent tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati |
Bazarov Faziljon | - | Mehnat faxriysi, Jizzax viloyati |
Dadamirzaeva Inobat Murodillaevna | - | Namangan shahridagi 77-umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi, Namangan viloyati |
Irkaev Abduraxim Pandjievich | - | Qarshi davlat universitetining milliy g`oya, ma`naviyat asoslari kafedrasi dosenti, Qashqadaryo viloyati |
Ismailov Bobir Abduraximovich | - | Ommaviy tadbirlar rassomi, Toshkent shahri |
Kasimov Yuldash Ergashevich | - | Olmazor tumanidagi 106-zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati o`qituvchisi, Toshkent shahri |
Kim Ideya | - | Nukus shahridagi «Imkon» reabilitasiya markazi uslubchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Ramanova Gulparshn Joldasbaevna | - | Chimboy tumanidagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo va biologiya fanlari o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Rasulov Rustam Yavkachovich | - | Farg`ona davlat universitetining fizika kafedrasi professori, Farg`ona viloyati |
Ro`ziev Temirqul Rajabovich | - | Qorako`l tumanidagi xalqaro matematika maktabi direktori, Buxoro viloyati |
Temirgaliev Farid Salixovich | - | Samarqand agro-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta`limi ustasi, Samarqand viloyati |
Toshmirzaeva Sharofat Mirbabaevna | - | Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi |
Tursunova Rixsigul Baxromovna | - | Jizzax shahridagi 19-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati |
Usmanova Ajargul Ibragimovna | - | Navoiy shahridagi 13-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Navoiy viloyati |
Xakimova Nortoji Muxamadievna | - | Kattaqo`rg`on shahridagi «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori, Samarqand viloyati |
II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan
Ibragimova Muyassar Kurbanovna | - | Respublika yoshlar markazining Xorazm viloyati bo`linmasi «Inklyuziv ta`lim» to`garagi rahbari |
Ilov Aslan | - | O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori |
Kornienko Valentina Vladimirovna | - | Uchquduq tumanidagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Navoiy viloyati |
Ochilov Shuxrat Saidovich | - | Buxoro tumanidagi bolalar va o`smirlar sport maktabi direktori, Buxoro viloyati |
Sulaymanova Sayyora Ilyashovna | - | Quyi Chirchiq tumanidagi «Fartuna» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi rahbari, Toshkent viloyati |
Turdieva Shoxsanam Sayfullaevna | - | Qarshi shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi enagasi, Qashqadaryo viloyati |
Ubaeva Zulfiya Djamilovna | - | Yashnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent shahri |
«Do`stlik» ordeni bilan
Abdullaev G`ayrat Urolovich | - | Muborak sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati |
Abdullaeva Maxmuda Nishanbaevna | - | Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining ingliz tili fani o`qituvchisi, Namangan viloyati |
Allakov Ismail | - | Termiz davlat universitetining algebra va geometriya kafedrasi mudiri, Surxondaryo viloyati |
Ashurov Qahramonjon Xayidboevich | - | So`x tumanidagi 15-umumiy o`rta ta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati |
Bo`riev Sulaymon | - | Buxoro davlat universitetining biologiya kafedrasi professori, Buxoro viloyati |
Vlasova Liliya Vildanovna | - | Gimnastika bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining badiiy gimnastika bo`yicha murabbiyi |
Jaborova Maxpirat Imomovna | - | Yangier shahridagi 5-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati |
Jo`raev Xusanboy | - | Ulug`nor tumanidagi 15-umumiy o`rta ta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi, Andijon viloyati |
Kanaki Eduard Valerevich | - | Chilonzor tumanidagi 103-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri |
Krupskaya Nadejda Vladimirovna | - | Payariq tumanidagi 20-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Samarqand viloyati |
Kurbonov Xidoyatullo Boboalievich | - | Sariosiyo tumanidagi 16-umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati |
Kushner Elena Natanovna | - | Mirzo Ulug`bek tumanidagi «Diplomat International School» nodavlat ta`lim muassasasi direktori, Toshkent shahri |
Maxkamov Maruf Maxmudovich | - | Chust tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi to`garak rahbari, Namangan viloyati |
Ruzimova Nafisa Baymuratovna | - | Qo`shko`pir tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati |
Solieva Feruza Gofurovna | - | Dang`ara tumanidagi 33-umumiy o`rta ta`lim maktabining fransuz tili fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati |
Tueva Gulshod Zaynievna | - | Zarafshon shahridagi Bolalar shaharchasi tarbiyachisi, Navoiy viloyati |
Turanova Gulchexra Yegitalievna | - | Bekobod shahridagi 16-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati |
Fayziev Ulugbek Ganievich | - | Navoiy shahridagi «Zarafshan Golden Group» mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi, Navoiy viloyati |
Xidirov Sharofiddin Akramovich | - | Sharof Rashidov tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabining chizmachilik va tasviriy san`at fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati |
Chashemov Mansurbek Xalbaevich | - | Qoraqalpog`iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar sport maktabining og`ir atletika bo`yicha murabbiyi |
Sharipova Fotima Zaripovna | - | Kogon tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Buxoro viloyati |
Ergashov Oybek Muxtarovich | - | Shahrixon qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Andijon viloyati |
Eshbekov To`lqin Usmonovich | - | O`zbekiston Milliy universitetining jamoatchilik bilan aloqalar nazariyasi va amaliyoti kafedrasi dosenti |
Yuldashov Gulmirzo Shukurlaevich | - | Gurlan tumanidagi 40-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati |
«Shuhrat» medali bilan
Abdullaeva Odina Raximjonovna | - | Uychi tumanidagi «Jajji professor» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Namangan viloyati |
Abduraxmonova Iroda Galabaevna | - | Xonobod shahridagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Andijon viloyati |
Absatova Mu`tabar Abdumalikovna | - | Sardoba tumanidagi 21-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati |
Arzimbetova Bibisara Atamuratovna | - | Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta`limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi katta o`qituvchisi |
Axmedjanova Gulsaraxon Maxmudovna | - | Olmazor engil sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta`limi ustasi, Toshkent shahri |
Axmedxodjaev Xamit Tursunovich | - | Namangan muhandislik-texnologiya institutining tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi professori, Namangan viloyati |
Axunjonova Gulsanam Fazildinovna | - | O`zbekiston tumanidagi 1-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Farg`ona viloyati |
Ashurova Umidaxon Maxmudjanovna | - | Andijon shahridagi «Bolajon bahori» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Andijon viloyati |
Baratova Zumrad Raxmatillaevna | - | Ohangaron tumanidagi «Saxovat» keksalar va nogironligi bo`lgan shaxslar uchun internat uyi enagasi, Toshkent viloyati |
Burxonov Barot G`afforovich | - | Sherobod tumanidagi 33-umumiy o`rta ta`lim maktabining musiqa fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati |
Businova Gulnora Boybutaevna | - | Olmaliq shahridagi 23-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati |
Vaxidova Lola Abdullaevna | - | Xatirchi tumanidagi 4-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati |
Davidova Dilafruz Abduganievna | - | Yangiyo`l shahridagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo va biologiya fanlari o`qituvchisi, Toshkent viloyati |
Djalilov Umbar Xurramovich | - | Oltinsoy tumanidagi 43-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati |
Djalilova Xilola Xolyigitovna | - | Guliston shahridagi 8-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati |
Djuraev Abdimurat Oralovich | - | Uzun tumanidagi 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika va informatika fanlari o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati |
Eshimbetova Kamila Shamilevna | - | Nukus shahridagi 46-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Eshmuratov Rasul Maxsudovich | - | Taxtako`pir tumanidagi 5-umumiy o`rta ta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Jabbarqulova Nilufar Murtozaevna | - | G`allaorol tumanidagi 27-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Jizzax viloyati |
Janibekov Baxtiyar Suleymanovich | - | Qo`shrabot tumanidagi 50-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Samarqand viloyati |
Jumaeva Go`zal Bahodirovna | - | Sergeli tumanidagi 301-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri |
Juraeva Xafiza Berdiyorovna | - | Nishon tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati |
Inomova Zamiraxon Telmanovna | - | Uchqo`rg`on tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Namangan viloyati |
Karimova Muyassar Xayitboevna | - | Yangibozor tumanidagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati |
Ko`qonova Muniraxon Madaminovna | - | Marg`ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati |
Qambarova Gulnoraxon Zoxidjonovna | - | Asaka tumanidagi 24-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanlari o`qituvchisi, Andijon viloyati |
Mavlonova Mamura Usmanovna | - | Qo`qon shahridagi 12-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Farg`ona viloyati |
Mamarasulova Sabohat Shoqosimovna | - | Qo`shrabot tumanidagi 34-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati |
Miraxmedova Sojida Mirzatillaevna | - | Bo`stonliq tumanidagi G`azalkent xizmat ko`rsatish va iqtisodiyot kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Toshkent viloyati |
Mirzaev Muhiddin Juraqobilovich | - | Yakkabog` tumanidagi 94-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo va biologiya fanlari o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati |
Mirzaeva Mahbuba Abduqodirovna | - | Urgut tumanidagi 34-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati |
Mullaboev Abdurasul Ergashevich | - | Uychi tumanidagi 13-bolalar musiqa va san`at maktabi o`qituvchisi, Namangan viloyati |
Mullajonova Iroda Sobirovna | - | Piskent tumanidagi 40-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Toshkent viloyati |
Nazarova Shazadaxon Turdalievna | - | Oltinko`l tumanidagi 32-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Andijon viloyati |
Narziev Xolmurod Sadinovich | - | Navbahor tumanidagi 36-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika va informatika fanlari o`qituvchisi, Navoiy viloyati |
Norboeva Nodira Nasrullaevna | - | Tayloq tumanidagi 4-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati |
Nosirova Nargiza Xolmurodovna | - | Qiziltepa tumanidagi 39-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining ingliz tili fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati |
Nosirova Shoxida Rasulovna | - | Jizzax engil sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish ta`limi ustasi, Jizzax viloyati |
Ollaberganova Leninza Boltabaevna | - | Xiva shahridagi Bolalar shaharchasi direktorining o`quv va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari, Xorazm viloyati |
Rasulov Baxram Narimanovich | - | Andijon ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining sambo kurashi bo`yicha murabbiyi, Andijon viloyati |
Raximov O`ral Malikovich | - | Boysun tumanidagi 6-bolalar musiqa va san`at maktabining baxshichilik yo`nalishi o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati |
Raxmanov Uchqun Toshpo`latovich | - | Qarshi shahridagi «ILM-U ZIYO SCHOOL» nodavlat ta`lim muassasasi direktori, Qashqadaryo viloyati |
Raxmonov Umid Olimovich | - | O`zbekiston Milliy universiteti qoshidagi S.H.Sirojiddinov nomidagi akademik liseyning matematika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri |
Sadikova Baxtiniso Isanovna | - | Zafarobod tumanidagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati |
Samatova Gulchexra Mirxaidovna | - | Boyovut tumanidagi 8-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati |
Saparniyazova Muyassar | - | Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universitetining o`zbek tilshunosligi kafedrasi dosenti |
Sattarov Axmad Abdinazarovich | - | Qumqo`rg`on qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati |
Sisoeva Yuliya Vladimirovna | - | Angren shahridagi 33-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati |
Sulaymonova Zilolaxon Turg`unboevna | - | Bag`dod tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining fizika fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati |
Suyarova Zebiniso Eshonkulovna | - | Bulung`ur tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati |
Talipov Erkin Dalievich | - | Ishtixon tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati |
Tuyg`unov Mirza Jumaevich | - | Chiroqchi tumanidagi 112-umumiy o`rta ta`lim maktabining nemis tili fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati |
Turaeva Guzal Ruziboevna | - | Qarshi shahridagi 35-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati |
Turgunova Mamlakat Artikbaevna | - | Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Namangan viloyati |
Tursunova Kamolatxon Xakimjonovna | - | Oltiariq tumanidagi 13-umumiy o`rta ta`lim maktabining texnologiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati |
Umarqulov | - | Marhamat tumanidagi 31-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining matematika fani o`qituvchisi, Andijon viloyati |
Xakimova Gulmira Abdullaevna | - | Yunusobod tumanidagi 260-umumiy o`rta ta`lim maktabining informatika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri |
Xakimova Sayyora Kubaevna | - | Mirzaobod tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati |
Xalimova Dilbar Ibadulloevna | - | Buxoro shahridagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining milliy g`oya va ma`naviyat asoslari fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati |
Xamraev Nosirjon Kamalovich | - | Chortoq tumanidagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Namangan viloyati |
Xusanova Hafiza Shirinboevna | - | Navoiy shahridagi Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Navoiy viloyati |
Hamroeva Matluba Saidovna | - | Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi tarbiyachi yordamchisi, Buxoro viloyati |
Shodmanova Shaxnoza Kurdashevna | - | Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik liseyning kimyo fani o`qituvchisi, Toshkent shahri |
Eralieva Gulchexra Tuxtamaxamadovna | - | Buvayda tumanidagi 25-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati |
Yusupova Gulistan Jamalatdinovna | - | Qorao`zak tumanidagi 8-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Yusupova Muyassar Xallievna | - | Beruniy tumanidagi 36-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Yaqubova Ma`mura Isaqjonovna | - | Urganch shahridagi 29-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati |
O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.MIRZIYoEV
Toshkent shahri,
2019 yil 27 sentyabr