1

Yilning eng yaxshi smartfoni aniqlandi

Iqtisodiyot 29.09.2019, 22:32
Yilning eng yaxshi smartfoni aniqlandi

Business Insider talqiniga ko`ra 2019 yilning eng yaxshi smartfoni deb OnePlus 7T topildi.

OnePlus 7T chiroyli dizayn, ajoyib kamerasi va avtonom xususiyatlari sabab, reytingda birinchi bo`ldi. Ikkinchi o`rinni Apple’ning iPhone 11 egalladi. Ushbu smartfon 6,1-dyumli ekran, kuchli prosessor, shuningdek juda yaxshi kameraga egaligi alohida qayd etilgan.

Kuchli uchlikni OnePlus 7Tning yana bir modeli – 7 Pro yakunlab bergan. Ushbu smartfon barmoq izlari va yuz identifikasiyasini amalga oshirishda o`ta tezkor hisoblanmoqda.

Reyting qurilmalarning narxi hamda ishlash funksiyalariga asoslangan holda tuzib chiqilgan.

Shuningdek, eng yaxshi smartfonlar o`ntaligiga Google’ning Pixel 3a va Pixel 3a XL, OnePlus 6T, Samsung Galaxy S10e, iPhone XR, Samsung Galaxy Note 10 Plus, Samsung Galaxy S10 va Galaxy S10 Plus, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max smartfonlari kirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1