1

O`zbekiston madaniy merosi Amerikani zabt etmoqda

Madaniyat 30.09.2019, 15:33
O`zbekiston madaniy merosi Amerikani zabt etmoqda

Dunyoga mashhur kolleksiyachi Gido Goldmanning noyob, o`ziga xos rang berish uslubi katalogi nashrga tayyorlanmoqda. 2019 yilning 27 sentyabrida AQSh poytaxti Vashingtonningof Ronald Reagan Building and International Trade Center nomli nufuzli zalida "Yangi O`zbekiston: noyob madaniy tashabbuslar" nomli media ivent bo`lib o`tdi. Mashhur amerikalik tarixchilar, sharqshunoslar, kolleksiyachilar, zardo`zlar tadbirning asosiy ishtirokchilari bo`lishdi va unga haqiqiy sharqona kayfiyat ulashishdi.

Media iventda aynan o`zbek to`qimachilik sanoatiga katta e`tibor qaratildi. Olimlar o`zbek to`qimachiligini yuqori baholab, o`z ma`ruzalarida, taqdimotlarida uning go`zalligi, nafisligi haqida so`z yuritishdi, sharqona liboslarni namoyish etishdi.

"Agar hayotim davomida birorta san`at turidan hayratlangan bo`lsam, bu albatta o`zbek to`qimachiligidir..." deb Garvard universiteti qoshidagi Evropa tadqiqotlari markazi asoschi-direktori,kolleksiyachi, doktor Gido Goldman so`zlaridan iqtibos keltirdi "Vashington post" gazetasi.

Adam Smit Albion, Janubi-Sharqiy Osiyo Akademiyasi ijrochi direktori:
– O`zbekiston madaniy merosi kolleksiyasi ilk marotaba Qo`shma Shtatlarda keng miqyosda namoyish etildi. Bu erga Amerika muzeylarida, kutubxonalaridafaoliyat yurituvchi dunyoga mashhur olimlar, tadqiqotchilar, san`atshunoslar, kolleksiyachilar yig`ilishdi. Ular bugungi kunda Amerika va Kanada fondlaridaO`zbekiston madaniy merosiga tegishli qanday noyob kolleksiyalar borligi, ularning qanchasi shaxsiy kolleksiyalarda, qanchasi davlat muzeylaridasaqlanayotgani haqida so`z yuritishdi. Loyihadagi ajoyib 35 tomlik kitoblar, yigirmadan ortiq fantastik hujjatli filmlar faxrlanishga arziydi.

Muzey hamjamiyati vakillari va kolleksiyachilar "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining dunyo amaliyotidagi o`rnini yuqori baholab, hamkorlik qilish niyatida ekanliklarini ta`kidlashdi.

Frederik Star, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti asoschisi va raisi:
– Angliya, Germaniya, Fransiya, Polsha, Chexiyada muvaffaqiyatli ravishda o`tkazilgan tadbirlardan keyinYangi O`zbekiston madaniy tashabbusi taqdimoti to`lqinlari Amerikaga etib keldi. Bu juda katta loyiha. Hali birorta mamlakat dunyo to`plamlarida saqlanayotgan o`zining madaniy merosini yagona katalogga to`play olmagan. AQShlik olimlar O`zbekistonning bu yo`nalishda olib borayotgan ishlarini olqishlaydi va qo`llab-quvvatlaydi.
Deniz Beyazit, Islom san`ati Metropoliten muzeyi departamenti direktori:
– Bugun biz bu ishning bir qismi bilan tanishdik. Ayni kunda bu O`zbekiston hukumati va Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan ushbu ko`pchilikda qiziqish uyg`otayotgan tashabbus to`liq qo`llab-quvvatlanayotganini bilamiz. O`ylaymanki, media ivent bu yo`nalishda o`z maqsadiga erishdi.

Media ivent yakunida O`zbekiston madaniy merosini saqlash, o`rganish va ommalashtirish butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduxoliqov va kolleksioner Gido Goldman o`zbek matosining nodir va boy namunalari jamlanmasini o`z ichiga olgan “O`zbek ikatlari” nomli albomni nashr qilish borasida kelishib olishdi. Mazkur albomga kiruvchi ajoyib manbalarni doktor Goldman hadya tariqasida bir qator Amerika muzeylariga taqdim etgan.

Dunyoga mashhur kolleksioner o`zbek ikatlari katalogini tuzish borasida loyihaga qo`ldan kelgancha beminnat yordam berishini ta`kidladi.

Ushbu media iventning biz tomondan boshqa mamlakatlarda o`tkazilgan odatdagi tadbirlardan farqi shuki, unda loyiha tarixida ilk bor yirik kolleksionerlar biz bilan hamkorlik qilish bo`yicha ochiq fikr bildirishdi. Bu yangilanayotgan O`zbekistonga bo`lgan chuqur ishonch va e`tibor namunasidir. Ayni paytda, keng jamoatchilikka shu kungacha ma`lum bo`lmagan madaniy merosimiz namunalari aynan xorijlik kolleksionerlarning shaxsiy jamlanmalarida saqlanmoqda, – dedi Firdavs Abduxoliqov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1