1

O`zbek filmi yana xalqaro e`tirof sazovor bo`ldi

Madaniyat 30.04.2024, 22:54
O`zbek filmi yana xalqaro e`tirof sazovor bo`ldi

Shu yilning 23-26–aprel kunlari Qirg`izistonda o`tgan XII Xalqaro qisqa metrajli filmlar festivalida yosh rejissyorlar Adhamjon Abdurahmonov va Sherzod Nazarov tomonidan ishlangan "Shamol odamlari" qisqa metrajli filmi tanlovning “Eng yaxshi film” nominasiyasida g`olib bo`ldi.

Bugun Renessans kino uyida Kinematografiya agentligi rahbariyati film ijodkorlarini tabriklab, ularning har biriga pul mukofoti berilishini ta`kidladi. Agentlik jamoasi yosh rejissyorlarni erishgan g`alabasi bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyatida omad tiladi.

— Yurtimizda so`nggi yillarda yosh kinoijodkorlarga bo`lgan e`tibor har qachongidanda ortgan. Muhtaram Prezidentimizning ularga berayotgan imkoniyatlari ham mana o`zini oqlay boshladi. Biz bugun mazkur film ijodkorlarini tabriklagan holda, kelgusi ishlarida ham zafarlar tilaymiz. O`ylaymizki, yoshlarimiz tomonidan xalqaro darajadagi filmlar hali ko`p yaratiladi, — dedi Firdavs Abduxoliqov.

Ma`lumot uchun, Adhamjon Abdurahmonov O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti, Sherzod Nazarov esa Butunrossiya davlat kinematografiya instituti Toshkent filiali talabasi.

Filmda Xorazm viloyati va Qoraqalpog`iston Respublikasidan tashqari, O`zbekistonning barcha 11 ta viloyatini velosipedda kezgan Fayzullo, Mardon va Hamroqul ismli keksa do`stlarning sayohati tasvirlangan. Pandemiya sabab ularning bu 2 manzilga borish orzusi amalga oshmay qoladi. Oradan ikki yil o`tib, 73, 79, 83 yoshdagi uch do`st yana safarga chiqish imkoniga ega bo`lishadi. Kinokartinada maqsad sari ortga qaytmaslik ilgari suriladi.

 "Shamol odamlari" filmining ssenariy muallifi va rejissyorlari Sherzod Nazarov va Adhamjon Abdurahmon, operator Javohir Turg`unov, prodyuser Furqat Usmonov, maslahatchi Yusuf Roziqov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1