1

Muhtojlarga uy "remont"i uchun 120 million so`mgacha kredit beriladi

Jamiyat 02.05.2024, 17:55
Muhtojlarga uy "remont"i uchun 120 million so`mgacha kredit beriladi

"2024 yilda ipoteka kreditlarini ajratish mexanizmlarini takomillashtirish va aholining uy-joy sharoitlarini yaxshilashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Farmoni ko`ra, 2024 yil 1 iyundan “mahalla ettiligi” tavsiyasi asosida Kambag`allikdan chiqarish dasturiga kiritilgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo`lgan shaxslarga ipoteka kreditlarini ajratish amaliyoti joriy etiladi.  

Bunda:

  • ipoteka kreditlari 120 million so`mgacha miqdorda, 20 yilgacha muddatga, Markaziy bankning asosiy stavkasidan to`rt foiz bandga yuqori stavkada yakka tartibdagi uy-joyni qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash maqsadlari uchun ajratiladi;
  • ipoteka krediti bo`yicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun – ajratiladigan kreditning 15 foizi miqdorida hamda foiz to`lovlarining bir qismini qoplash uchun – kredit muddatining birinchi 5 yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga subsidiya to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1