1

Nega bizning mahallani gazsiz qoldirishdi?

Savol-javob 04.10.2019, 13:48
Nega bizning mahallani gazsiz qoldirishdi?

— 2015 yil Yangiariq tuman gaz ta`minoti korxonasi rahbariyati bizning mahallamizni tabiiy gaz tarmog`idan ajratib qo`yishdi. Rahbarga murojaat qilganimizda “sizlarning hududingiz tabiiy gaz tarmog`idan 2015 yil Vazirlar Mahkamasining qarori bilan uzilgan”, degan ishonarsiz javob qaytardi. Boisi, qarorning nusxasini ko`rsatolmadi. Bizning mahallani tabiiy gazsiz qoldirishgani sababini aniqlashda amaliy yordam bersangiz, iltimos.

Barno Atamuratova, Xorazm viloyati Yangiariq tumani

“O`ztransgaz” AJ boshqaruvi tomonidan o`rganilgan natijalarga ko`ra:
— Xorazm viloyati Yangiariq tumani “Gulbog`” mahallasida Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 5 iyuldagi 26-son yig`ilish bayonida belgilangan topshiriqlarga asosan tabiiy gaz etib borishi qiyin bo`lgan hududlar ro`yxatiga kiritilgan. Mazkur hudud Xorazm viloyati hokimligining 2015 yil 23 iyuldagi 165-son qarori asosida suyultirilgan gazga moslashtirilgan. Bugungi kunda ushbu aholi xonadonlariga Yangiariq tumangaz uchastkasi tomonidan shartnomalar asosida maishiy gaz ballonlarda suyultirilgan gaz etkazib berilmoqda.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1