1

"Ota-onamni men parvarishladim, ammo akam uyni olmoqchi..."

Savol-javob 04.10.2019, 15:28
"Ota-onamni men parvarishladim, ammo akam uyni olmoqchi..."

— 5 nafar farzandmiz, akam va singillarim oilali. Ota-onam bilan hayotining so`nggi kuniga qadar birga yashadim. Meros uyni 5 qismga bo`lishning imkoni yo`q. Jigarlarim ota-onamga men qaraganimni inobatga olishmayapti. Akam “ulushingni pulda beraman, uy o`zimda qoladi”, deyapti. Mening boshqa uy-joyim yo`q.

R.Dadaxadjaeva, Andijon viloyati, Asaka tumani

Gulnoraxon ASRANOVA, Fuqarolik ishlari bo`yicha Andijon viloyat sudining sudyasi:

— Fuqarolik kodeksi 1153-moddasi talabiga ko`ra, meros ochilguniga qadar 3 yil mobaynidamerosqoldiruvchibilan birgalikda yashagan merosxo`rlar meros taqsimlanishida meros tarkibidan uy-joy, shuningdek, uy-joy ashyolarini va ro`zg`or buyumlarini olishda imtiyozli huquqga ega. Ushbu qonun normasiga ko`ra, imtiyozli huquqlaringizdan foydalanishingiz mumkin. Uyni 5 qismga bo`lish imkoni bo`lmaganda, aka-singillaringizni meros ulushi qiymatini to`lashingiz lozim bo`ladi.

Sadoqat ALLABERGANOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1