1

Toshkent davlat agrar universitetida o`qitishning kredit tizimi joriy etildi

Iqtisodiyot 05.10.2019, 23:48
Teglar: Agrar universitet, Toshkent, kredit
Toshkent davlat agrar universitetida o`qitishning kredit tizimi joriy etildi

Joriy yilning 19 avgustida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori e`lon qilingan edi. Qarorga muvofiq, Toshkent davlat agrar universitetida 2019-20120 o`quv yilidan boshlab “Agrologistika” va “O`simliklar va qishloq xo`jalik mahsulotlari karantini” bakalavriat ta`lim yo`nalishlarida o`qitishning kredit tizimi joriy etildi. Bu haqda universitet Axborot xizmati xabar qildi.

"O`quv jarayoniga dunyo oliy o`quv yurtlarida keng tarqalgan o`qitishning kredit tizimini joriy qilish orqali universitetning jahondagi nufuzli oliy ta`lim muassasalari qatoriga kirishini ta`minlash ko`zlangan.

O`qitishda kredit tizimining afzalliklari:

• Akademik mobillik — talabaning ta`lim jarayoni davrida chet el o`quv yurtlarida yoki o`zga ta`lim yurtida tahsil olib, so`ngra o`qishni davom ettira olishi;

•Ta`lim sifatining yuqori darajadaligi – o`quv jarayonida chet el o`quv yurtlari va tashqi muassasalardan o`z sohasini mukammal o`zlashtirgan mutaxassislarni jalb etilishi;

•Ta`lim jarayoni jadalligini ta`minlash maqsadida chet el oliy ta`lim muassasalari amaliyotidan kelib chiqqan holda, o`quv dasturlari ishlab chiqilganligi;

•Talabalar istagidan kelib chiqqan holda fan tanlash imkoniyatiga egaligi va hokazolar", deyiladi xabarda.

O`qitishning kredit tizimida talabaning ma`lum o`quv kursini o`zlashtirish darajasi turli mezonlar asosida belgilanadigan ma`lum miqdordagi kreditlar summasini yig`ishiga bog`liq bo`ladi.

Yig`iladigan umumiy kreditlar talabaning darslardagi faol ishtiroki, muayyan o`quv kursi davomida olingan test natijalari, ilmiy izlanishlar, og`zaki va yozma imtihonlar, amaliyot natijalari asosida belgilanadi.

Universitetda o`qitishning kredit tizimi tatbiq qilinishi hozirgi o`zgaruvchan xalqaro mehnat bozorida raqobatlasha oladigan oliy toifali mutaxassislarni tayyorlash hamda umumjahon oliygohlar reytingida yuqori 1000 talikka kirishga imkon yaratadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1