1

Neft va gaz qazishda innovasion usullardan foydalanib, samaradorlik 4-5 baravarga oshirilmoqda

Iqtisodiyot 08.10.2019, 11:12
Neft va gaz qazishda innovasion usullardan foydalanib, samaradorlik 4-5 baravarga oshirilmoqda

Neft va gaz qazish sohasidagi innovasion echimlar uning samaradorligini 4-5 baravar oshirish va ayni paytda ekologik muhitga zarar etkazmaslik imkonini bermoqda. Bu haqda Energetika vazirligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, «ERIELL Group» kompaniyasi tomonidan gidravlik yorish (GRYo) usuli qo`llanilmoqda. Bunda dunyoning etakchi kompaniyalari bilan hamkorlikda ekologik chora-tadbirlar amalga oshirilayotir.

  Kompaniyada GRYo ni amalga oshirish tartibini, atrof-muhitni muhofaza qilish, uning monitoringi va konlarni muhofaza qilish sohasidagi maxsus talablarni belgilovchi reglament (standart) ishlab chiqilgan va bu amaliy yo`l-yo`riq sifatida qo`llanilmoqda. 

Qatlamni gidravlik yorishni bajarishda yorish suyuqligining tuproqqa va er osti suv muhitiga singishi xavfi mavjud va bu  «ERIELL Group» tomonidan hisobga olinadi.

Kompaniya tomonidan ushbu nuqtai nazardan maxsus dastur ishlab chiqilgan bo`lib, u amerikalik hamkorlar «Halliburton International GmbH» (GRYo dizayni, supervayzing va tashqi yakunlash uskunalari) va «Weatherford International Ltd.» (yoriqning quyi yakunlanishi uskunalari) hamda Rossiyaning «Gazstrim» MChJ (texnik amaliyot ishlari) tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Bunday hamkorlik tufayli O`zbekistonda ilk bor chuqurligi 1000 metr, o`tkazuvchanligi past bo`lgan tik o`zanli alohida yoriqlarda qatlamlarni ko`p bosqichli girodro yorish (KBGRYo) ishlari amalga oshiriladi. Bunda qatlamlarning har birida GRYo ning 10 tagacha bosqichi bajariladi.

So`nggi yillarda qatlamlarni ko`p bosqichli girodro yorishni (KBGRYo) amalga oshirish neft va gaz konlarida uglevodorodlarning past o`tkazuvchan kollektorlaridan foydalanishda dunyo bo`ylab ommalashgan. 

«ERIELL Group» kompaniyasi mutaxassislari qazish olib borilayotgan konlarda barcha intervallarning gazga to`yinganligini o`rganib, shuningdek, Rossiya, Iroq, Bangladesh va boshqa mamlakatlarning hududida QBGRYo ni o`tkazish bo`yicha ko`p yillik tajribani tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdiki, yoriqlar hosil bo`lishi yoki undagi tabiiy yoriqlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda qazish oldi zonasining o`tkazuvchanligini oshirish uchun ushbu usuldan foydalanish kerak. 

QBGRYo dan foydalanishga urg`u berilishi bunday amaliyotlarning yuqori samaradorligi bilan bog`liq: bir bosqichli GRYo ni amalga oshirishda operasiya o`tkazilganidan so`ng birinchi yil davomida 0,8-2,4 marotaba oshishi mumkin (neft va gaz kollektorlarining geologik tuzilishiga, konga ishlov berish sxemasiga va h.z.larga ko`ra). QBGRYo ni amalga oshirishda operasiya o`tkazilganidan so`ng birinchi yil davomida debit 5-6 baravar ortishi mumkin. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1