1

Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahondagi oltin ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar ro`yxatida nechanchi o`rinda turishini bilasizmi?

Iqtisodiyot 09.10.2019, 12:23
Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahondagi oltin ishlab chiqaruvchi peshqadam kompaniyalar ro`yxatida nechanchi o`rinda turishini bilasizmi?

Rossiyaning MMF biznes-portali ma`lumotlariga asoslanib xabar berayotgan  NKMK matbuot xizmatiga ko`ra, dunyoda har yili 2,5 ming tonnadan ortiq oltin qazib olinadi. Bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasi, Avstraliya va Rossiya Federasiyasi bu qimmatbaho metallni qazib olish hajmlari bo`yicha etakchi uchlikka kiradi.

Mazkur biznes-portal saytidachop etilgan maqolada ta`kidlanishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahonda oltin ishlab chiqaruvchi kompaniyalar o`ntaligiga kiradi. Shuningdek, Navoiy kon-metallurgiya kombinatidan tashqari Kanadaning Barrick Gold, AQShning Newmont Mining va Janubiy Afrika Respublikasining AngloGold Ashanti, Gold Fields, Harmony Gold kabi kompaniyalari ushbu ro`yxatdan o`rin olishgan.  O`zbekiston kon-metallurgiya sanoati tarixida birinchi marta 2017 yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinatining bir guruh mutaxassislari murakkab tarkibli rudalardan oltinni ajratib olish texnologiyasini yaratganliklari uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon intellektual mulk tashkilotining “Eng yaxshi ixtirochi” oltin medali bilan taqdirlandi. Mazkur texnologiya yaqinda 3-GMZda ishlab chiqarishga joriy qilinib, zavodda Sorbsiyalash jarayoni chiqindilarini yuqori samarali kuydirish majmuasi ishga tushirildi. Bu majmua o`zining ilg`or muhandislik-texnik echimlari, texnologik jihozlanish darajasi bilan dunyoda yagona bo`lib,  kelgusida zavodda xom ashyodan foydalanish samaradorligini 8 foizgacha, tayyor mahsulot ishlab chiqarishni 11 foizga oshirish va 150 dan ortiq yangi ish o`rinlari yaratish imkonini berdi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1