Qalbaki pul tayyorlash va uni o`tkazish bilan bog`liq jinoyat yuzasidan Bosh prokuratura bayonot berdi...
Farg`ona shahar, Mexribonlik mahallasida yashovchi fuqaro Mansur V. (1998 y.t., ishsiz) "Epson Stylus Photo PX600" rusumli rangli printer yordamida 50.000 so`m kupyuradagi jami 2.150.000 so`m qiymatdagi qalbaki pullar tayyorlab, ularni o`tkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan 11.10.2019 yilda Mansur V.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.