AsosiyShou-biznes

O`zbekiston tasviriy san`at galereyasida Abdunazar baxshi ishtirokida doston kechasi o`tkaziladi

O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasi va Oxus Culture tashkiloti hamkorlikda O`zbekiston xalq baxshisi Abdunazar Poyonov ijrosidagi “Go`ro`g`li” turkumiga kiruvchi “Malla savdogar” dostonini tinglashga taklif etadi. Bu haqda kun.uz nashri Oxus Culture ma`lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Abdunazar baxshi ijro dasturidan “Alpomish” dostoni va “Go`ro`g`li” dostoni turkimiga kiruvchi bir qancha dostonlar, shuningdek doston ijrochiligi yo`lidagi xalq qo`shiqlari, termalar o`rin egallagan.

24 yanvar kuni bo`lib o`tadigan tadbirda doston ijrosi 2 soat davom etadi. Kechaga tashrif buyuruvchilar soni cheklangan. Kechaga tashrif buyurish istagida bo`lganlar 22 yanvarga qadar 233-14-20 raqamiga murojat qilishlari yoki Facebook’dagi maxsus sahifada shaxsiy xabar qoldirishlari lozim.

Ushbu loyiha O`zbekiston Tasviriy san`at galereyasi va Oxus Culture tashkilotining navbatdagi hamkorlikdagi loyihasi bo`lib, 2014 yilda bo`lib o`tgan “Shashmaqom ko`rgazmasi” musiqaiy loyihasi ham muxlislarda iliq ta`surot qoldirgan.

Ma`lumot uchun, Abdunazar baxshi ijrosidagi bir qancha doston va qo`shiqlar O`zbekiston radiosi oltin fondidan o`rin olgan. Shuningdek, baxshi o`z ijodi davomida Fransiya, Belgiya, Shveysariya, Tayvan, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog`iston va Qirg`izistonda o`z ijodini namoyish etib, o`zbek baxshichilik an`analarini dunyo xalqlari orasida munosib targ`ib qilib kelmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar